Telegram messenjeri özining koreyalik raqobatçisi Line ilovasining şikoyati sababli Google Play’dan uç soatga öçirib yuborildi. Bu haqda Telegram asosçisi Pavel Durov özining tvitter sahifasida ma'lum qildi.
Durov şikoyatning mazmuni nimadan iborat ekani haqida ma'lum qilmagan.
“Telegram Line messenjerining şikoyati sababli bir neça soatga Play Store’dan öçirib yuborildi. Hozirda Osiyodagi klasterga kuçli hujum bölmoqda”, – deb yozgan Durov öz tvitterida.
Özining keyingi tvitida Durov Telegram foydalanuvçilari sönggi ikki oy içida 3 barobarga oşgani, şu sababli raqobatçilar “esdan oğayotganini” ma'lum qildi.
Birozdan söng, servisning rossiyalik foydalanuvçilari ham messenjerdagi muammolar haqida ma'lum qilişgan va bu ma'lumotni Durov ham tasdiqlagan.






