Ukrainaning AQŞdagi elçisi Valeriy Çaliy “Zerkalo nedeli. Ukraina” körsatuviga bergan intervyusida Rossiya tomonidan ehtimoliy tajovvuzni “uşlab turuvçi omil” sifatida Ukraina bilan çegaradoş hududlarda NATO va AQŞning imkoniyatlari oşganini ma'lum qildi.

“NATOda ham, AQŞda ham ularning Yevropadagi joylaşişlari qayta körib çiqildi, ular Ukraina bilan çegaradoş hududlarda öz imkoniyatlarini oşirganlari Rossiya tomonidan ehtimoliy kuç işlatilişini uşlab turuvçi omil hisoblanadi”, deb aytdi Çaliy.

Çaliyning aytişiça, Ukraina Qurolli kuçlarining joriy holati hozirda “tajovvuzkor uçun qimmatga tuşadigan” vaziyatni yaratmoqda.