Germaniya moliya vaziri Volfgang Şoyble Gretsiyaning yangi takliflarini yetarliça emas deb ma'qullamayapti, deb xabar bermoqda Frankfurter Allgemeine Zeitung.
Germaniya moliya vazirligi Gretsiyaning takliflariga salbiy baho berdi. “Bu takliflar mamlakat iqtisodiyotini modernizatsiya qiliş va uzoq muddatli iqtisodiy ösiş, barqaror rivojlaniş uçun yetarliça emas”, deb aytmoqda Şoyble. Uning fikriça, bu takliflar mutlaq yangi, uç yillik moliyaviy kömak dasturi uçun asos böla olmaydi.
Şoyblening aytişiça, Gretsiyada vujudga kelgan vaziyatdan çiqişning bir neça usullari mavjud. Mamlakat öz takliflarini zudlik bilan özgartirişi va 50 mlrd yevrolik davlat aktivlarini yevrohududning maqsadli fondiga ötkazişi va şu tariqa qarzini uzişi kerak. Yana bir variantga köra, Afina muzokaralarda tanaffus olib, mamlakatning qarzi restrukturizatsiya qilinmagunga qadar taxminan 5 yilga yevrohududni tark etişi kerak. Şu bilan birga Gretsiya Yevropa Ittifoqi a'zosi bölib qoladi va “gumanitar va texnik kömak” olişi mumkin böladi.
Avvalroq Şoyble Gretsiyaning kreditorlar oldidagi qarzining bir qismidan voz keçiş qabul qilingan kelişuvlarga köra noqonuniy bölişini ma'lum qilgandi.






