Fransiya kompaniyalari Eron temir yöllariga 20 mlrd dollar investitsiya qilişga tayyor. Yana 30 mlrd dollar yöl transportiga kiritiladi. Bu haqda Iran.ru sayti xabar bermoqda.
Eron yöllar va şahar qurilişi vaziri Abbos Ohundiyning Fransiyaga taşrifi hamda uning Fransiya vakillari bilan muzokaralaridan söng Fransiya boşqa Yevropa davlatlariga nisbatan tezroq Eron bozoriga çiqiş yöllarini köra boşladi. Vazirning bir qator yirik kompaniya vakillari bilan muzokaralari yakunlaridan ma'lum bölişiça, yevropalik investorlar sanksiyalar bekor qilinişidan oldin uşbu voqeaga tayyorgarlik körib qöymoqda.
Ohundiyning safaridan söng Eronga Fransiya temir yölçilik kompaniyalaridan biri Eronga taşrif buyurdi. Ular bilan bir qança temir yöl stansiyalarini rekonstruksiya qiliş borasida şartnoma imzolandi.
Ta'kidlanişiça, uzoq yillardan buyon birinçi marta Yevropa kompaniyasi Eron temir yöllari loyihalarida iştirok etmoqda.






