Namangan şahridagi tibbiyot kollejlaridan birida uzoq yillardan buyon dars berib kelgan 50 yoşli Muazzam Samatova 1.2 ming dollar pora oliş paytida qölga olindi. Bu haqda “Huquq” gazetasi xabar bermoqda.
Aytilişiça, tanişlaridan biri unga qönğiroq qilib, 3ta jiyani borligi va barçasi tibbiyot kollejiga öqişga kirişi kerakligini, ammo ulardan birining 9-yillik maktabni tamomlagani va hujjatlarida muammosi borligini aytgan. Samatova undan pul tama qilgan. Porani Samatova tanişi Şohida ismli ayol orqali olgan. Ammo pullarni oliş jarayonida huquq-tartibot xodimlari uni qölga olgan.