Yaponiyada Nintendo kompaniyasining prezidenti Satoru Ivata 56 yoşida vafot etdi. Ivata maşhur “Mario” öyinining yaratuvçilaridan biri sifatida ham tanilgan. Ivata 11 iyul kuni öt yölidagi (zarda oqib ketadigan tomir) ösmadan vafot etdi.
Ivata 2000 yildan beri Nintendo korporatsiyasiga boşçilik qilib kelayotgan edi. Ivata ungaça vidoöyinlar işlab çiqaruvçi HAL Laboratory kompaniyasida işlagan. Ivata bu kompaniyadagi 13 yillik faoliyati davomida oddiy xodimdan kompaniya prezidenti lavozimigaça bölgan yölni bosib ötgan.
Ivata 2000 yilda Nintendöga ötgandan keyin yana ikki yil davomida HAL Laboratory prezidenti lavozimida faoliyat yuritgan.
Satoru Ivata jasur şopmöylov santexnik Mario haqidagi kompyuter öyinining mualliflaridan biri hisoblanadi. Ekspertlarning fikriça, bu öyin zamonaviy madaniyatga katta ta'sir körsatgan. Öyin qahramoni Mario kompyuter öyinlarining eng taniqli qahramoni hisoblanadi, Ginness rekordlar kitobida kompyuter öyinlarining 50ta eng yaxşi qahramoni röyxatida 1-örinni egallab kelmoqda. 1993 yilda tarixda birinçi marta uşbu öyin asosida videoöyinga asoslangan “Super aka-uka Mariolar” filmi suratga olindi. Uning qahramonlari Mario va uning ukasi Luiji bölgan.






