Rossiyaning Janubiy-Saxalinsk şahrida 21 yoşli qizning nomusiga tajovvuz qilgan ikki nafar 22 yoşli Özbekiston fuqarosi huquq-tartibot muassasalari tomonidan qölga olindi. Bu haqda Saxalin viloyati tergov boşqarmasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Jinoyat 7 iyuldan 8 iyulga ötar keçasi sodir etilgan. Jinoyatga jami 7 kişi aloqador bölgan, biroq ulardan 5 nafari bevosita zöravonlik harakatlarini amalga oşirgan.

Tergov ma'lumotlariga köra, jabrlanuvçi öz dugonasi bilan gumonlanayotganlardan birining uyiga mehmonga kelgan. U yerda yana 5 nafar özbekistonlik bölgan. Spirtli içimlik iste'mol qilgandan keyin yigitlar mast holatda qizning hayotiga tahdid qilib, uning nomusiga tajovvuz qilişgan.

Ayni paytda jinoyatning boşqa iştirokçilarining şaxsi aniqlaştirilmoqda. Tergov jarayoni davom etmoqda.