Ukrainaning Turkiyadagi faxriy konsuli Levent Oydinning futbolçi Samuel EtöOning “Antalyaspor” klubining yangi öyinçisi sifatida tantanali taniştirilişi marosimida Rossiya prezidenti Vladimir Putinning tasviri tuşirilgan futbolkada paydo bölişi Ukrainada katta mojaroga aylanişi mumkin.

Oydin uşbu marosimda “Antalyaspor” bilan şartnomaga ega bölgan homiy kompaniyaning vakili sifatida iştirok etdi. Oydin ataylabmi-yöqmi, oç havorangdagi yozgi pidjak ostida Vladimir Putinning tasviri va uning ostida “Muloyimlik – bizga xos” yozuvi tuşirilgan futbolkada paydo böldi.

Ukrainalik vatanparvarlar faxriy konsulning bunday kiyimidan ğazab otiga minib, uni bu unvondan mahrum qilişni talab qilişmoqda.