2017 yili Qirğiziston yalpi içki mahsuloti 13.7 mlrd dollarni taşkil qiladi. Bu haqda investitsiyalarni kiritiş agentligi direktori örinbosari Nurbev Maqsutovning Qirğiziston-Polşa biznes-forumida bergan bayonotiga tayangan holda Qirğiziston telegraf agentligi xabar bermoqda.

“Oxirgi 10 yil içida YaIM 3.5 barobarga oşdi. Qirğiziston jahon moliyaviy inqirozidan çiqib oldi va 2017 yilga kelib YaIM 13.7 mlrd dollarni taşkil qiladi. Strukturaga köra aytsak, bu xizmat körsatiş, qişloq xöjaligi, sanoat, quriliş va boşqa sohalarga töğri keladi”, – dedi Maqsutov.

Uning sözlariga köra, oxirgi 7 yil davomida har yili mamlakatga kamida 500 mln dollar investitsiya kiritilmoqda.