Isroil boş vaziri Binyamin Netanyaxu Eron yadroviy dasturi böyiça qaror qabul qilinişini tanqid ostiga oldi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.
“Eronga yadroviy qurol yöli oçildi. Bu boradagi işlanmalarni nazorat qiluvçi köpgina çeklovlar bekor qilindi”, – dedi Isroil yetakçisi Niderlandiya TIV rahbari bilan Quddusda bölib ötgan uçraşuvda.
“Bu kelişuv yirik tarixiy miqyosdagi xatodir”, — xulosa qildi Netanyaxu.
Ilgariroq Eron hamda vositaçilar oltiligi yadroviy dastur böyiça kelişuvga erişgani xabar qilingan edi. Eron vakillari kelişuv amalga oşganini tasdiqladi. Ta'kidlanişiça, yakuniy uçraşuv bugun bölib ötadi. Uçraşuv yakunlariga köra matbuot anjumani uyuştiriladi.






