Belarus markaziy saylov komissiyasi mamlakat prezidentligi uçun nomzod sifatida Aleksandr Lukaşenko nomzodini ilgari suruvçi taşabbuskor guruh hujjatlarini qabul qildi. Bu haqda taşkilot rasmiy saytida xabar qoldirilgan.
2015 yilning 14 iyul kuni Belarus MSK mamlakat prezidentligi uçun nomzod Aleksandr Lukaşenkoning nomzodligini tasdiqlaş uçun imzo yiğuvçi qöllab-quvvatlovçi fuqarolar guruhi böyiça barça hujjatlarni qabul qilib oldi, deb yoziladi xabarda.
Saylovlar 2015 yilning 11oktabr kuni bölib ötadi. Lukaşenkodan taşqari saylovlarda yana törtta nomzod bölişi kutilmoqda. Ulardan biri ayol kişi, «Govorit pravdu» (Haqiqatni gapir) fuqarolik kampaniyasi faoli Tatyana Korotkeviç böladi.






