Özbekiston Soğliqni saqlaş vazirligi suziş havzalarida sanitar-gigiyenik şaroitlarga amal qiliş böyiça tekşiruvlar qanday borayotgani haqida ma'lumot berdi.

Vazirlik ma'lumotlariga köra, havzalar (3 yilda 1 martadan köp bölmagan miqdorda) jadval böyiça hamda agar sanitar şaroitlarga taşrif buyuruvçilar tomonidan şikoyatlar bildirilsa tekşiriladi. Havzalar quyidagilarga tekşiriladi:

- dalolatnomada qayd qilingan avval aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş böyiça tadbirlarning bajarilişi va işlab çiqariş laboratoriya nazorati natijalarini qayd qiliş jurnalining tutilişi;

- taşrif buyuruvçilar harakati ketma-ketligini taşkil etişga rioya qiliş;

- taşrif buyuruvçilar uçun havzalardan foydalaniş qoidalarining mavjudligi;

- havoning mikroiqlimi körsatkiçlari;

- duş törlari va oyoq vannalarining işi, duş, hojatxona, aylanib ötiş yölaklarida suvlar oqib ketadigan traplarning holati;

- havzaning suv bilan töldirilgani;

- resirkulyatsion tizimdagi va daryo suvidan ta'minlanuvçi havzalarda filtrlar yuvilişining hisobga olinganligi;

- xodimlarning işga kirişi paytida dastlabki va davriy tibbiy köriklardan ötgani haqidagi tibbiy kitobçalar mavjudligi.

Havzalarda sanitar-gigiyenik şaroitlar böyiça şikoyatlar mavjud bölsa, Soğliqni saqlaş vazirligi taşrif buyuruvçilariga avval havza rahbariyatiga, agar havza ma'muriyati heç qanday çora körmasa, undan keyin Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markaziga murojaaat qilişlarini tavsiya qiladi.