2015 yilda “Şarq” naşriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan söfiylik tariqatining yirik namoyandalaridan biri şayx Zangi otaga bağişlangan muallif Akmal Saidovning “Hazrat Zangi ota” deb nomlangan kitobi çop etildi.
Özbek tilida çop etilgan uşbu naşr kiriş sözi, tört bob, xulosa qismi, oltita tildagi taqrizdan iborat.
Kitobga berilgan taqrizda aytilişiça, uşbu kitobda gap söfiylikning yirik namoyandalaridan biri, buyuk avliyo, şayx Mavlon Zangi ota (Oyxöja ibn Toşxöja) haqida ketadi. Turkistonlik buyuk avliyo, katta hurmatga sazovor bölgan Zangi ota Xöja Ahmad Yassaviyning ustozi – Asrlon boboning evarasi bölgan.
Kitobda Zangi otaning hayoti, xususan ismi, kelib çiqişi, rafiqasi, sulolasi, tuğilgan va vafot etgan kunlari, ona yurti, amalga oşirgan sayohlatlari va izlanişlari, ustozlari va şogirdlari, uning Yassaviylik tariqatida tutgan örni, maqbarasi va ziyoratgohi haqida qisqaça ma'lumotlar berilgan.
Zangi ota majmuasi – noyob tarixiy-arxitektura, madaniy-ma'naviy majmua bölib, nafaqat Özbekistonda, balki butun Markaziy Osiyoda ham köp ziyorat qilinadigan qadamjo hisoblanadi. Kitobda bu majmua Amir Temur tomonidan barpo etilgani, temuriylar avlodi bölgan olim va podşoh Mirzo Uluğbek tomonidan qayta ta'mirlangani hamda mustaqillik yillarida bu qadamjoda amalga oşirilgan obodonlaştiriş işlari haqida ma'lumotlar keltirilgan.
Kitobda Zangi ota faoliyati va ma'naviy ta'limotlari misolida söfiylik haqida köpgina qiziq ma'lumotlar bayon etilgan. Kitobda, şuningdek, Zangi otaning karomatlari, şaxsiy fazilatlari, u haqidagi şe'rlar va afsonalar, uning Şarq va Ğarbdagi merosining örganilişiga misollar berilgan.
Kitob Inson huquqlari böyiça Özbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori, huquqşunoslik fanlari doktori, professor Akmal Saidov tomonidan yozilgan.
Kitobga Özbekiston musulmonlar boşqarmasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov mas'ul muharrirlik qilgan.
Ilmiy-ommabop uslubda yozilgan uşbu kitob söfiylik tarixi bilan qiziquvçilar va keng kitobxonlar ommasi uçun möljallangan.






