3 iyul kuni Janubiy Koreyaning Kvançju şahrida boşlangan XXVIII yozgi Universiada öyinlari 14 iyul kuni yakunlanadi. Butunjahon Universiada musobaqalari Özbekiston terma jamoasi uçun muvaffaqiyatsiz yakunlanmoqda.
Musobaqalarning yopiliş marosimi bugun, 14 iyul kuni ötkaziladi.
Ayni damda mezbonlar 47ta oltin, 32ta kumuş va 29ta bronza (jami 108 medal) bilan birinçi örinni ta'minlaşgan.
Öz navbatida Rossiya terma jamosi ikkinçi örinda joylaşgan (34ta oltin, 22ta kumuş, 49ta bronza).
Xitoy ham 34ta oltin medal olganiga qaramasdan, qolgan vaqt içida ruslarga ötib keta olmasligi aniq bölib ulgurgan. Şuningdek, bu jamoaga boşqa jamoalar yeta olmasligi kafolatlangan.
Terma jamoalar O K B J
1. Janubiy Koreya 47 32 29 (108)
2. Rossiya 34 39 49 (122)
3. Xitoy 34 22 16 (72)
4. Yaponiya 25 25 35 (85)
5. AQŞ 20 15 18 (53)
6. Fransiya 13 9 8 (30)
7. Italiya 11 14 17 (42)
8. Ukraina 8 17 6 (31)
9. Eron 7 2 6 (15)
10. Tayvan 6 12 18 (36)
13 iyul kuni Janubiy Koreyaning Kvançju şahrida davom etayotgan Butunjahon talabalarining Universiada öyinlarida bugun özbekistonlik Yelizavetta Nazarenkova alohida maşqlar böyiça ötkazilgan musobaqalarda iştirok etdi.
Uşbu tajribali sportçi tasma bilan bajariladigan maşqlarda 17.650 ball jamğarib, beşinçi örinni band etdi. Töp bilan bajariladigan maşqlarda Yelizavetta Nazarenkova 17.350 ball bilan 6-örinni egalladi. Bulavada bajariladigan maşqlar böyiça bölib ötgan musobaqada esa Yelizavettaning çiqişini hakamlar 17.600 ball bilan baholaşdi va yurtdoşimiz yana beşinçi örinni egalladi.
Şu tariqa, akademik eşkak eşiş, yengil atletika, taekvondo (WTF), tennis, qiliçbozlik, sport va badiiy gimnastika hamda dzyudo musobaqalarida qatnaşgan hamyurtlarimiz birorta medalni qölga kirita olişmadi. Birgina taekvondist Dmitriy Şokin olib bergan oltin medal evaziga Özbekiston terma jamoasi turnirni 39 örinda yakunlamoqda.
Taqqoslaş uçun Özbekiston talabalaridan iborat terma jamoa 2013 yilda Qozonda bölib ötgan Universiada musobaqalarida 2ta oltin, 7ta kumuş va 10ta bronza medalini qölga kiritişgandi.






