"Arsenal" klubi boş murabbiyi Arsen Venger "Mançester Yunayted"ga kelib qöşilgan yarim himoyaçilar Bastian Şvaynştayger va Morgan Şneyderlen haqida gapirib ötdi.

"MYu"ning ötgan mavsum yakuniga köra, kuçli uçlikka kira olmaganidan norozi bölganini bilgandik. Endi bölsa, ular qiziqarli transferlarni amalga oşirişdi. Demak, bilişdiki yarim himoyani boşqaçasiga quriş kerak.

Buni Şvaynştayger va Şneyderlen hisobiga amalga oşirişmoqçi. Darhaqiqat, ular yuqori saviyali futbolçilar hisoblanişadi. Bastian allaqaçon qanday saviyadaligini körsatib bölgan. Morgan esa endi yuqori saviyaga kötarilib bormoqda. Qiziq, ular "MYu"da qaynday öynab ketişar ekan?!", - deydi Venger Goal naşriga bergan intervyusida.