Boks böyiça APB (AIBA Pro Boxing) turniri 60 kg vazn toifasidagi janglarning barça 3ta seriyasiga Toşkent şahri mezbonlik qiladi. Uşbu musobaqaning dastlabkisi 30 may kuni ötkazilgan va öşanda özbekistonlik Xurşid Tojiboyev raqibi irlandiyalik Devid Joysni 3:0 hisobida mağlub etgan edi.

Aytiş kerakki, Xurşidning bu galgi raqibi ilk jangda braziliyalik Robson Konseysaoni imkoniyatsiz qoldirgan rossiyalik Dmitriy Polyanskiy böladi.
Eslatib ötamiz, aynan uşbu ikkinçi uçraşuvda raqibini yenga olgan çarm qöl qop ustasiga Rio-2016 olimpiadasi yöllanmalari taqdim etiladi.
Tojiboyev bu uçraşuvga qadar Polyanskiy bilan uçraşgan va unda ğalaba qozongan. Uşbu janglarning uçinçi bosqiç, ya'ni finalida ğoliblikni qölga kiritgan boksçi çempionlik kamariga ega böladi. Bu uçraşuv ham Toşkentda 19 sentabr kuni bölib ötadi. Musobaqalar Özbekiston Boks federatsiyasi, Özbekiston Madaniyat va sport işlari vazirligi, Özbekiston Milliy olimpiya qömitasi va Xalqaro havaskor boks assotsiatsiyasi (AIBA) bilan hamkorlikda ötkazilmoqda.

Uçraşuvlar jadvali 60 kg

Ötkaziliş joyi: Toşkent, 18 iyul kuni, «Özbekiston» sport saroyi

Xurşid Tojiboyev (Özbekiston) va Dmitriy Polyanskiy (Rossiya)
Devid Joys (Irlandiya) va Robson Konseysao (Braziliya)
Çarli Suares (Filippin) va Domeniko Valentino (Italiya)
Çitu Şafiq (Benin) va Artur Bril (Germaniya).