WhatsApp, Viber, Skype singari internet messenjerlari telekom sohasi nazorati ostida faoliyat yuritmaydi. Bu haqda “Megafon” kompaniyasi rahbari Ivan Tavrin aytib ötdi.
“Bu bozorni Rossiyada ham, jahonda ham özgarişlar kutayotganidan şubham yöq. Öylaşimça, uni nazorat ostiga oliş kerak. Xavfsizlik hamma narsadan ustun bölişi kerak”, – dedi u “Rossiya 24” telekanaliga bergan intervyusida.
Tavrinning aytişiça, bu dasturlar foydalaniş uçun juda qulay – ularda guruhlar yaratiş va mediafayllarni osonlikça uzatiş mumkin, lekin aynan şu jihat terrorçilarning ham diqqatini tortmoqda.






