Namangan viloyati Uyçi tuman IIBda işlovçi 31 yoşli profilaktika inspektori pora oliş paytida qölga olindi. Bu haqda “Diyonat” gazetasi yozmoqda.

Aytilişiça, ismi keltirilmagan militsiya xodimi tumanda yaşovçi ayolning arizasini körib çiqiş paytida ayblanayotgan erkakdan “işni yopvoriş” uçun 400 dollar söragan. Erkak unga 100 dollar va 200 ming söm bergan.

Militsioner unga tinimsiz telefon qilib, poraning qolgan qismini berişni talab qilaverganidang söng u Milliy xavfsizlik xizmatiga murojaat qilgan. Militsiyaçi pora oliş paytida qölga olingan.