Özbekiston bojxona organlari 2015 yilning birinçi yarim yilligida qariyb 100 kg giyohvand modda ötkazilişini töxtatib qolgan. Bu haqda davlat bojxona qömitasi vakiliga tayangan holda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.
“Mustaqil ravişda hamda boşqa huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikda ötkazilgan tadbirlar natijasida joriy yilning olti oyi davomida 96 kg giyohvand moddalar va 12 ming psixotrop tabletkalar uşlab qolingan”, – uning sözlarini keltiradi agentlik.
2014 yili mamlakatda giyohvand moddalar kontrabandasi bilan boğliq 177 xatti-harakat foş etilgan, 202 kg narkotik moddalar musodara qilingan.






