Bugungi kunda 2015/2016 öquv yili uçun respublika oliy ta'lim muassasalariga qabul jarayonlari ketmoqda. Joriy yilda bakalavrlar tayyorlaş böyiça kunduzgi bölimlarga umumiy qabul kvotasi 57907, şu jumladan, davlat grantlari böyiça 19120 va tölov-kontrakt asosida 38787 nafar miqdorida belgilangan.
DTM saytidagi maxsus sahifada keltirilgan ma'lumotlarga köra, mazkur xabar kiritilayotgan vaqtda hujjat topşirgan abituriyentlar soni butun respublika böylab, 305 392 nafarni taşkil qilmoqda. Bu haqda xushnudbek.uz sayti xabar berdi.
Ayni vaqtda respublika böyiça Termiz davlat universitetiga eng köp hujjat topşirilgan - 18 ming 303 nafar. Bu oliygohda talabalar qabul qiliş uçun 1662 örin mavjud bölib, konkurs körsatkiçi bir örin uçun 11,01 miqdorida bölib turibdi.
Bu boradagi kuçli beşlikda Jizzax davlat pedagogika instituti (13773 nafar abituriyent, 1615 örin va 8,53talik konkurs), Andijon davlat universiteti (12319 nafar abituriyent, 1400 örin va 8,80talik konkurs), Qarşi davlat universiteti (12138 nafar abituriyent, 1280 örin va 9,48talik konkurs) hamda Samarqand davlat universiteti (11432 nafar abituriyent, 1615 örin va 7,08talik konkurs) kabi Oliy ta'lim muassasalari örin olgan.
Eng katta örtaça tanlov esa, har yilgidek Toşkent tibbiyot akademiyasi Farğona filialiga bölib turibdi. Hozirça mazkur OTMga ajratilgan bitta öringa örtaça 15,6 kişi da'vogarlik qilmoqda.
Aytib ötiş joizki, ötgan yili hujjat topşirgan abituriyentlar soni böyiça rekord natija qayd etilgan edi. Ya'ni 543 ming nafardan köproq abituriyent talabalik baxtiga muşarraf böliş uçun öz omadini sinab körişga ahd qilgan edi. Bu bir örin uçun örtaça 9,4 kişi da'vogarlik qilgan deganidir.
Ma'lumot örnida ta'kidlab ötiş joizki, Özbekiston oliy öquv yurtlariga kiriş imtihonlari an'anaga köra har yili 1 avgust kuni bölib ötadi.






