Pokistonlik huquq himoyaçisi, 2014 yili tinçlik böyiça Nobel mukofotini olgan Malala Yusufzay Livanda suriyalik qoçqinlar uçun maktab oçdi. Daily Mail naşrining yozişiça, pokistonlik puştun qiz Livanda ayni paytda voyaga yetganini ham nişonladi.
“Men bekorga Beka' vodiysidagi qoçqinlar lagerini tanlamadim. Men tuğilgan kunimni suriyalik opalarim va singillarim içida kutib olmoqçi edim. Men ularning qismatini yengillaştirişga harakat qilaman”, – dedi Yusufzay maktabning oçiliş marosimida.
Yusufzayning sözlariga qaraganda, u öz safarini “qurolli ixtiloflar tufayli maktabga bora olmaydigan 28 mln bolalar oldidagi burç” tufayli amalga oşirgan.
“Livandan turib barça davlatlar yetakçilari va hukumatlari xabar yöllamoqçiman: mablağni öqlarga emas, kitob va darsliklarga ajrating”, – dedi huquq himoyaçisi.
Malalani Bayrutga Kayyoniy jamğarmasi taklif qildi. Taşkilotni toğli druzlar jamoasi yetakçisi Valid Jumblatning rafiqasi Nura Jumblat boşqaradi. Jamğarma Livanda turgan yarim million suriyalik qoçqin bolalarga ğamxörlik qilib kelmoqda.