Qirğiziston prezidenti Almazbek Atambayev Xitoy bilan “Şimol-Janub” avtoyölining qurilişi böyiça kredit şartnomalarini ratifikatsiya qiliş töğrisidagi qonunni imzoladi. Bu haqda prezident matbuot xizmatiga tayangan holda Qirğiziston telegraf agentligi xabar bermoqda.
Hujjatlar töplami Xitoy hukumati hamda Xitoy eksport-import banki bilan tuzilgan ikkita şartnomani öz içiga oladi.
Kelişuv tilga olingan bank tomonidan “Şimol-Janub” avtomobil yölining Aral va Qazarman qişloqlari örtasidagi 96 km li uçastkasining qurilişini moliyalaştiriş uçun 300 mln dollar ajratilişini közda tutadi. Şu uçastkada 700 m li tunnel quriladi.
Avtotrassa qurilişining birinçi bosqiçi şu bank tomonidan 2013 yili ajratilgan 400 mln kredit hisobidan amalga oşirilmoqda.






