Sobiq özbekistonlik Vladimir Volodin Rossiya prezidenti Vladimir Putin unga özi ixtiro qilgan “Glissada” deb nomlanuvçi noyob katerni qurib bitkazişda yordam berişiga umid bildirmoqda.

“Bryansk Today” naşrining ma'lumotlariga köra, sobiq toşkentlik Vladimir Putinga unga yarim million rubl turadigan uşbu kater loyihasini amalga oşirişda kömak berişini sörab maktub yöllagan.

“Desna daryosi böylab eski barjadan qurilgan “sudralib yuruvçi” “Tsesna” şaharliklarning talabiga javob bermaydi. Gaplarga qaraganda, bu barjada bunday sekin safar uçun çipta 1000 rublni taşkil qiladi. “Glissada”da esa bir soatlik safar uçun haq kattalar uçun 300 rubl, bolalar uçun 150 rubl qilib belgilangan. Öylaşimça, tezlikni yaxşi köradiganlar uçun bu maqbul haq hisoblanadi”, deb aytmoqda 70 yoşlik ixtiroçi.