Yaponiya hukumati AQŞdan beş dona Osprey konvertoplanlarini sotib olişga 41 mlrd iyena (332.5 mln dollar) sarflaşga rozi böldi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.
Bu AQŞ konvertoplanlarining xorijga sotilişi böyiça imzolangan birinçi şartnoma böldi. Istiqbolda Yaponiya bunday qurilmalardan yaqin yillarda 17ta, şuningdek, 40ta qöşimça dvigatel sotib olişni rejalaştirmoqda. Buning uçun sarflanadigan mablağning umumiy hajmi 3 mlrd dollarni taşkil qilişi mumkin.
Ayni paytda Yaponiyada bunday konvertoplanlardan 24tasi dengiz piyoda qismlari ixtiyoriga topşirilgan.