"Arsenal" jamoasi boş murabbiyi Arsen Venger yoş hujumçi Çubu Akpom yangi mavsumda boşqa jamoaga ijaraga berib yuborilmasligini ma'lum qildi.
"Yöq, biz uni ijaraga berib yubormaymiz. Ötgan mavsumda u "Nottingem Forest"da ijara asosida öynab, tajribasini oşirdi. Yangi mavsumda esa uni jamoada olib qolişni rejalaştirganman. Çuba ulkan iste'dod sohibi. U har bir öyinda özini körsatiş uçun tayyor", deydi Venger.
Qayd etib ötamiz, Çuba Akpom Singapurdagi turne doirasida Singapur terma jamoasiga qarşi ötkazilgan öyinda 3ta gol urdi. Jamoa keyingi uçraşuvni "Everton"ga qarşi ötkazadi.






