Ötgan yilning iyul oyida Donbass ustida urib tuşirilgan Boeing MH-17 samolyotida halok bölgan yölovçilarning qarindoşlaridan iborat 18 oila nomidan Çikago sudiga Rossiya fuqarosi, Ukrainadagi ayirmaçi kuçlarning sobiq rahbari Igor Strelkov (Girkin) da'vo arizasi topşirildi. The Telegraph naşrining yozişiça, olti oila vakillari Buyuk Britaniya fuqarolaridir.
Strelkov samolyotni öqqa tutişni taşkillaştirişda va bu bilan 298 kişining ölimiga sababçi bölişda ayblanmoqda. Da'vogarlar Strelkovdan 900 mln dollar miqdorida tovon puli talab qilmoqda.
Arizada aytilişiça, 17-reys Girkin boşçiligidagi ayirmaçilar harbiy harakatlarni amalga oşirayotgan hududdan uçib ötayotganida urib tuşirilgan. Rossiya ijtimoiy tarmoqlaridan birida Girkin hatto javobgarlikni öz zimmasiga olgani aytilmoqda. Ta'kidlanişiça, Strelkov uni Ukrainaning An-26 samolyoti bilan adaştirib yuborgan.
“Biz ularni ogohlantirgandik, osmonimiz ustidan uçmang deb”, – degan ekstremist ijtimoiy tarmoqdagi şarhida.
Şuningdek, da'vogarlar Kremlni jinoyatning iştirokçilari deb hisoblamoqda. “Uning xatti-harakatlari Rossiya hukumati vakillari tomonidan ma'qullangan edi”, – ta'kidlanadi hujjatda.






