Filippinning Mandaue şahrida talaba qiz Joys Gilos-Torrefranka olgan suratni butun dunyoni aylanib çiqib, qaşşoq bolakayning hayotini özgartirib yubordi.

9 yoşli Daniel Kabrera mahalliy McDonald’s çiroqlari ostida, köçadagi kursi ustiga maktab aşyolarini qöygança dars qilayotgan edi. Uning otasi vafot etgan, bolakay onasi Kristina Espinoza bilan uylari yonib ketgani bois oçiq kiosk içida yaşab kelardi. Şunga qaramay, bola öqişga jiddiy e'tibor berar, kelajakda politsiyaçi bölişni orzu qilar edi.

Internetga joylaştirilgan surat dunyoning turli burçaklaridan unga moddiy yordam oqib kela boşladi. Onasi homiylardan öz biznesini oçiş uçun grant oldi, Danielga esa maxsus stipendiya taqdim etildi. Bundan taşqari, mahalliy huquq-tartibot organlari xodimlari oila uçun oziq-ovqat mahsulotlari töplab berişdi.