Yangi zelandiyalik kinorejissyor Martin Kempbell "Xorijlik" (The Foreigner) nomli trilleriga boş rol ijrosi uçun Jyeki Çanni taklif qildi.
Martin Kempbell "Oltin köz" (Golden Eye, 1995) va "Royal kazinosi" (Casino Royale, 2006) filmlari bilan tanilgan. Bu filmlarda Pirs Brosnan va Daniyel Kreyg josus Jyeyms Bond rollarini ijro etişgan.
Yangi filmning suratga oliş işlari şu yilning oktabr oyida boşlanişi aytilgan. Kartina 1992 yilda naşr etilgan britaniyalik Stiven Lezerning "Xitoylik" nomli romani voqealar asosida suratga olinadi.
Asarda Londondagi Çayna-taun restorani sohibi bölgan, qizi irlandiyalik jinoyatçilar tomonidan öldirilgan kişi haqida hikoya qilinadi. Jyeki Çan aynan şu ota rolini ijro etadi.






