15 iyul kuni Özbekiston Iqtisodiyoti vazirligida mahalliy OAVlar vakillari iştirokida asosiy meva-sabzavotçilik turlari yetiştiriş hajmini oşiriş va Özbekiston aholisining uşbu mahsulotlarga bölgan ehtiyojini ta'minlaş masalalariga bağişlangan matbuot-anjumani bölib ötdi.

Uşbu tadbirda respublikada meva-sabzavotçilik va uzumçilik sohasida amalga oşirilayotgan çora-tadbirlar muhokama qilindi, uşbu sohalarning rivojlanişi va erişilgan natijalarga ta'sir qiluvçi omillar qayd etildi.

Oxirgi yillarda paxta ösimligi maydonlarini qisqartiriş va oziq-ovqat ösimliklari, şu jumladan ğalla, sabzavot, poliz ekinlari, kartoşka ekiş maydonlarini köpaytiriş böyiça bosqiçma-bosqiç islohotlar amalga oşirilib kelinmoqda.

Natijada ğalla ekinlarining umumiy ekin maydonlaridagi uluşi 1991 yildagi 25,7 foizdan 2014 yilda 45 foizgaça, kartoşka va poliz-sazbavot ekinlarining uluşi 8,8 foizgaça oşdi, texnik ekinlarning soliştirma oğirligi 41,9 foizdan 35, 4 foizgaça kamaytirildi.

Şuningdek, meva-sabzavotçilik va uzumçilik ham tez sur'atlar bilan rivojlanmoqda hamda Özbekiston aholisini oziq-ovqat bilan ta'minlaşda salmoqli uluş qöşmoqda.

Oxirgi 5 yil içida poliz-sabzavot va kartoşka ekin maydonlari 19 foizga oşirildi hamda boğdorçilik va uzumçilik maydonlari 11 foizga kengaytirildi.

Ayni paytda barça suğoriladigan qişloq xöjaligi yerlarining 20 foizi meva-sabzavot mahsulotlarini yetiştiriş uçun foydalaniladi, uşbu sohaning qişloq xöjaligi mahsulotlarini yetiştirişdagi uluşi 41 foizni, eksportidagi uluşi esa 43,4 foizni taşkil qiladi.

Oxirgi yetti yil içida 36,8 ming gektar yangi boğ va 35,3 yangi uzumzorlarni taşkil qiliş yöli bilan 57,8 ming gektar boğ va 37,6 ming gektar uzumzor rekonstruksiya qilindi.

Oxirgi 5 yil içida ilğor xorijiy tajriba asosida tomçilatib suğoriş zamonaviy texnologiyasi va boşqa innovatsiyalarni qöllagan holda 23,5 ming gektar (barça boğlar umumiy maydonining 9 foizi) yuqori hosilli boğlar yaratildi.

2009-2015 yillarning özidayoq 2,6 ming issiqxona xöjaliklari yaratildi.

Oxirgi 10 yil içida meva-sabzavotçilik va uzumçilik xom aşyosini qayta işlaş hajmi 4,2 barobarga, ya'ni 2004 yildagi 557 ming tonnadan 2014 yildagi 2320 ming tonnagaça oşdi.

Meva-sabzavot mahsulotlarini saqlaş moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş va rivojlantiriş çora-tadbirlari dasturi doirasida bir vaqtda saqlaş 231,8 ming tonna mahsulotni saqlay oladigan 347ta zamonaviy omborxona qurib, foydalanişga topşirildi va 49,8 ming tonna siğimga ega 80ta mavjud muzlatiş kameralari modernizatsiya qilindi.