Xitoy Yaponiyada harbiylarning vakolatlarini kengaytirişni közda tutuvçi qonunning qabul qilinişidan keskin noroziligini bildirdi. Bu haqda XXR TIV xabarnomasidan ma'lum böldi.
Ilgariroq Yaponiya parlamenti quyi palatasi harbiylarning vakolatlarini kengaytiriş töğrisidagi qonunni ma'qullagani xabar qilingan edi. Bunday qaror köplab e'tirozlarga va boş vazir Sindzo Abe reytingining tuşişiga olib keldi. Boş vazirning fikriça, mamlakatning xavfsizlik masalasidagi qat'iy pozitsiyasi yangi tahdidlar, şu jumladan, Xitoyning faollaşuviga javobdir.
Xabarnomada aytilişiça, XXR Davlat kengaşi a'zosi Yan Tszeçi Yaponiya Xavfsizlik kengaşi boş kotibi Syotaro Yati bilan Pekinda ötgan muzokaralar çoğida bu borada öz xavotirlarini bildirib ötgan.
“Tarixiy sabablarga köra Osiyo davlatlari va jahon hamjamiyati Yaponiyaning mudofaa va xavfsizlik siyosatiga katta e'tibor qaratib keladi, – deyiladi xabarnomada. – Yaponiya parlamenti tomonidan xavfsizlik töğrisida yangi qonunning qabul qilinişi Yaponiyaning Ikkinçi jahon uruşidan keyingi tarixidagi muqobili yöq voqea böldi”.