Avstraliya bir yil muqaddam Ukrainada, Boeing halokati joyida ayirmaçilar tomonidan suratga olingan hamda News Corp mediakompaniyasi tomonidan tarqatilgan videoning haqiqiyligini tekşiruvdan ötkazadi. Bu haqda Avstraliya taşqi işlari vaziri Juli Bişop bayonot berdi.
Malaysia Airlines aviakompaniyasiga tegişli Boeing yölovçi layneri Amsterdamdan Kuala-Lumpurga MH17 reysini amalga oşirayotgan çoğda 2014 yilning 17 iyulida Donbassda ayirmaçilar tomonidan urib tuşirilgan edi. 283 yölovçi va 15 ekipaj a'zosi halok böldi. Ular orasida 10ta davlat fuqarolari bor edi. Voqea Niderlandiya Xavfsizlik kengaşi tomonidan taftiş qilinmoqda – yölovçilarning asosiy qismi uşbu davlat fuqarolari edi.
Avstraliya jurnalistlari tomonidan tarqatilgan videolavhada samolyot qoldiqlari yaqinida özaro va telefon orqali suhbat qurayotgan insonlar qayd qilingan. Bişop xonimning aytişiça, uşbu videolavha Niderlandiya kengaşining taftiş işini bir qadar osonlaştirişi mumkin. Aynan şu tufayli mazkur masalada tekşiruv işlari ötkaziladi.
Şuningdek, vazir uşbu halokat yuzasidan xalqaro tribunal taşkil etilişi zarurligini yana bir bor ta'kidladi.