Bagil medical new technology Özbekiston-Koreya qöşma korxonasi 1, 2, 10 va 50 milligrammli şpritslar hamda infuzion tibbiy tizimlar işlab çiqarişni yölga qöyadi. 2014 yili Navoiy erkin sanoat zonasida iş boşlagan korxona şu kunlarda 5 milligrammli şpritslar işlab çiqarmoqda.
“Yiliga 48 ming dona şprits işlab çiqarişga qodir korxonada 36 kişi işlab kelyapti, – deydi korxona direktori Faxriddin Barotov. – Biz işlab çiqarişni kengaytiriş, tibbiy mahsulotlarimizni içki va taşqi bozorga çiqariş yönalişida işlaşda davom etmoqdamiz. Xususan, 2016 yili assortimentni kengaytirib, mahsulotning 50 foizini eksport qilişni közlamoqdamiz. Şuningdek, 1, 2, 10 va 50 milligrammli şpritslar hamda infuzion tibbiy tizimlar işlab çiqarişni yölga qöymoqçimiz”.
Barotovning ta'kidlaşiça, yangi işlab çiqarişlarning yölga qöyilişi bilan yangi iş örinlari ham taşkil etiladi.






