Özbekiston Prezidenti Islom Karimov 17 iyul kuni mamlakat mustaqilligining 24 yillik bayramiga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş töğrisidagi qarorini imzoladi. Bu haqda UzA xabar bergan.
Uşbu qarorga köra, bayramga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş böyiça respublika komissiyasi tarkibi tuziladi.
Respublika komissiyasi bir hafta muddatda “Betakrorimsan, yagonasan, ona Vatanim – Özbekistonim!” degan ezgu ğoyani özida mujassam etgan taşkiliy-amaliy, madaniy-ma'naviy hamda tarğibot-taşviqot işlari dasturini işlab çiqadi.
Qarorga köra Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida ötkaziladigan bayram dasturlarini tayyorlaşga ommaviy tomoşalar böyiça yuksak mahorat va tajribaga ega bölgan ssenarist va rejissyorlar, yozuvçi va şoirlar, kompozitor va baletmeysterlar, sahna rassomlari, iste'dodli yoş ijroçilar, folklor san'ati vakillaridan iborat ijodiy guruhlar keng jalb etilişi belgilangan.
Şuningdek, Madaniyat va sport işlari vazirligi, Özbekiston Matbuot va axborot agentligi “Özbeknavo” estrada birlaşmasi, “Kamolot” yoşlar ijtimoiy harakati, Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi, “Tasviriy oyina”, Yozuvçilar va Bastakorlar uyuşmalari, Badiiy akademiya va boşqa taşkilotlar zimmasiga birgalikda istiqlolni tarannum etadigan eng yaxşi qöşiq va musiqa asarlari uçun “Yagonasan, muqaddas Vatan!” respublika tanlovining yakuniy bosqiçini, Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Nihol” mukofotiga nomzodlarning respublika saralaş bosqiçini hamda “Eng uluğ, eng aziz”, “Vatan uçun yaşaylik”, “Ranglar jilosida – ona diyor” kabi an'anaviy körik-tanlovlarni yuqori darajada ötkazişni ta'minlaş vazifasi yuklatilgan.






