Moskva şahri (Rossiya)da qiliçbozlik böyiça ötkazilayotgan Jahon çempionatida şpaga böyiça şaxsiy hisobdagi musobaqalar yakuniga yetib, ğolib va sovrindorlar nomi ma'lum böldi. Bu haqda Özbekiston Milliy Olimpiya qömitasi matbuot xizmati xabar qilgan.

Erkaklar örtasida ötkazilgan musobaqada jami 205 nafar sportçi ğoliblik uçun kuraşga kirişdi. Mazkur musobaqada iştirok etgan hamyurtlarimiz Oleg Sokolov 24-örinni, Ruslan Kudayev 27-örinni, Roman Aleksandrov 138-örinni va nihoyat Aleksey Tişko 156-örinni egallaşdi.

Uşbu musobaqada ğoliblik Geza Imre (Vengriya)ga nasib etdi. Öta murosasiz ruxda ötgan hal qiluvçi final bahsida fransiyalik Gote Grumeni 15:14 hisobida mağlub etgan Geza Imre jahon çempionatining oltin medaliga sazovor böldi. Bronza medallarga Çjun Sun Xva (J.Koreya) va Patrik Yorgensen (Daniya) sazovor böldilar.

Xotin-qizlar örtasidagi musobaqada birinçi örinni Rosella Fyamingo (Italiya) egalladi. Italiyalik sportçi finalda şvetsiyalik Emma Samuelssondan 15:5 hisobida ustun keldi. Uşbu musobaqada uçinçi örinni Sarra Besbes (Tunis) va Syu Antsi (Xitoy) egalladi.

Eslatib ötamiz, mazkur jahon çempionatida 2016 yil Rio-de-Janeyro şahri (Braziliya)da ötkaziladigan XXXI yozgi Olimpiada öyinlarining litsenziyalari ham öynaladi (ayollar örtasidagi jamoaviy rapira hamda erkaklar örtasidagi jamoaviy şamşir böyiça musobaqalaridan taşqari

Ma'lumot uçun, xalqaro qiliçbozlik federatsiyasi şafeligida ötkazilayotgan mazkur nufuzli musobaqada dunyoning 108 davlatidan kelgan 912 nafar sportçi şpaga, rapira va şamşir böyiça bölib ötadigan şaxsiy hamda jamoaviy bahslarda 12 komplekt medallar uçun kuraş olib borişmoqda. Jahon çempionati bahslari 19 iyulga qadar davom etadi.