Bişkekda 16 iyul kuni aksilterrorçilik operatsiyasida 4 nafar jangari yöq qilindi, 7 nafari qölga olindi.

Bişkekda yöq qilingan terrorçilar Kantdagi Rossiya aviabazasida terakt amalga oşirişni rejalaştirganlari ma'lum böldi. Bu haqda Qirğiziston milliy xavfsizlik davlat qömitasiga iqtibos keltirgan holda “Interfaks” axborot agentligi xabar bermoqda.

“Bu yaşirin terrorçilik guruhi 17 iyulda – Ramazon hayiti kuni odamlar köp bölgan joylarda va Qirğiziston şimolida joylaşgan Çuy viloyati Qant şahridagi Rossiya Mudofaa vazirligining aviabazasida teraktlar amalga oşirmoqçi bölgan va ularga tayyorgarlik körgan”, deb aytilmoqda xavfsizlik qömitasida.

Huquq-tartibot muassasalari ma'lumotlariga köra, Qozoğiston fuqarosi Jonbölat Amirov boşçiligidagi jangarilar IŞID terrorçilik guruhi a'zolari bölganlar.