Turkiya hukumati Tojikiston pasporti bilan Suriyaga ötişga harakat qilgan 21 yoşli qirğizistonlik ayolni öz yurtiga qaytarib yubordi.
Dinara Aminjonova öziga taşqi jihatdan öxşaş tojikistonlik qizning pasportidan foydalangan holda Suriyaga ötişga harakat qildi. Pasportning qonuniy egasi 3 oy muqaddam hujjatini yöqotgani haqida ma'lum qilgan edi.
Turkiya Suriyaga ötişga harakat qilgan yana 2 nafar Tojikiston fuqarosini – bir ayol va bir erkakni deportatsiya qilgan. Aminjonovadan farqli ravişda, ular darhaqiqat Tojikiston fuqarosi ekanligi tasdiqlandi.