Şveytsariya huquq-tartibot muassasalari tomonidan qölga olinib, AQŞga 16 iyulda esktraditsiya qilingan FIFAning sobiq vitse-prezidenti Jyeffri Uebb 10 mln dollar garov evaziga ozodlikka çiqarildi. Uebb Bruklin federal sudidan 32 km masofadagi hududdan taşqariga çiqişi kerak emas. Uning harakatlanişi ortidan maxsus elektron qurilma kuzatadi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi.

Sudda Uebb özini reket amalga oşiriş va pora olişda aybdor deb tan olmagan. Tergovçilarning fikriça, u 24 yillik faoliyati davomida futbol musobaqalarini translyatsiya qiliş huquqini beriş uçun 150 mln dollar pora olgan.
FIFA rahbariyatining bir neça a'zolari may oyi oxirida korrupsiyada ayblanib Tsyurixda hibsga olingan edilar. Bu korruptsion mojaro sababli beşinçi muddatga qayta saylangan FIFA rahbari Yozef Blatter öz lavozimidan ketişini e'lon qilgan edi.