Germanwings kompaniyasiga tegişli, Fransiya Alplarida halokatga uçragan Airbus A320 laynerida halok bölgan yölovçilardan bir qismining qarindoşlari 200 ming yevrodan tovon puli talab qilmoqda. Bu haqda Bild gazetasi yozmoqda.
Aytilişiça, Lufthansa berayotgan tovon puli ayni damda 1 halok bölgan kişi uçun 25 ming yevroni, har bir qarindoşiga esa 10 ming yevroni taşkil qilmoqda.
“Oila a'zolari bu taklifni rad qilmoqda”, – dedi 35 oilaning advokati Elmar Jyemulla.
Hozirgaça 50 ming yevro tovon puli tölab bölingan.
Eslatib ötamiz, şu yilning 24 martida Germanwings kompaniyasiga tegişli Airbus A320 layneri Fransiya Alplarida halokatga uçradi. Ikkinçi uçuvçi kabinani içkaridan yopib olib, samolyotni toğlarga qulatdi. Natijada bortda bölgan 150 kişi halok böldi.
Bundan taşqari, yaqinda YeI uşbu voqea munosabati bilan uçuvçilarga bölgan talablarni oşirdi.






