Tojikistonning Toğli Badaxşon muxtor viloyatidagi Ğund daryosining irmoqlaridan çiqib ketişi natijasida 56ta uy vayron böldi. Bundan taşqari, Interfaks agentligining xabar berişiça, sel 6ta dökon, elektr tarmoği va maktab binolarini vayron qildi.
4.5 km avtomobil yöllariga zarar yetkazilgan, şundan 2.5 km Xitoyga eltuvçi xalqaro trassa uçastkasi edi.
Suv oqimi yanada kuçayişi xavfi bor, şu tufayli sun'iy suv ombori yaratiş böyiça işlar boşlab yuborildi.
Qutqaruvçilar aholini evakuatsiya qilmoqda, bu işlarga 3ta vertolyot jalb qilingan.
Sel oqibatida 2ta GES faoliyati töxtagan, buning natijasida bir qança tumanlar çiroqsiz qolgan.