FIFAning amaldagi rahbari Yozef Blatter 20 iyul kuni Tsyurix şahrida ötkaziladigan taşkilot Ijroiya qömitasining navbatdan taşqari yiğilişida iştirok etadi. U bu tadbir davomida UYeFA prezidenti Mişel Platini hamda boşqa konfederatsiyalar rahbarlari bilan uçraşuvlar ötkazişni rejalaştirgan.
As naşri xabar berişiça, bu tadbirda köriladigan asosiy masala FIFAning yangi prezidenti uçun muddatidan oldin ötkaziladigan saylov kunini aniqlaş böladi.
Eslatib ötamiz, may oyi söngida FIFA tizimidan bir qança amaldorlar pul yuviş va 2010, 2018 va 2022 yillardagi mundiallar mezbonlarini aniqlaş jarayonidan poraxörlikda ayblanib, hibsga olingandi. Şundan söng, 2 iyun kuni Blatter öz lavozimini muddatidan oldin tark etişi haqida ma'lum qilgandi.
Naşr xabariga köra, FIFA prezidentligi uçun asosiy nozmzodlardan biri Mişel Platini hisoblanadi va uni 6ta konfederatsiyaning 4tasida töla qöllab-quvvatlaşadi.
Qayd etib ötiş joizki, Blatter taşkilotni 1998 yildan beri boşqarib keladi. U 29 may kuni FIFA prezidentligi uçun beşinçi muddatga qayta saylangandi, lekin yuqorida qayd etilgan mojarolat tufayli öz örnini böşatib qöyişini e'lon qilgandi.






