Britaniyaning Farxem şahrida joylaşgan klinika 99 yoşli Doris Eylingga homiladorligi haqida ma'lumot berdi. Bu haqda The Sun naşri yozmoqda.
“Men deyarli 100 yoşdaman, qanday homilador bölişim mumkin?”, – hayron qoladi Eyling xonim. Aytilişiça, şifoxonadan berilgan xatda uning yoşi töğri körsatilgan.
“Mening 3 farzandim va 20 nabiram bor, ammo men 70 yildan beri homilador bölmaganman”, – sözida davom etdi keksa ayol.
Şifoxona rasmiylari uşbu maktubni “kamyob ma'muriy xatolardan biri” deb tan oldi.
“Juda qiziqarli, – dedi ayolning 76 yoşli öğli Brayan. – Miriqib kuldik”.






