AQŞ va Eron Tehronning yadroviy dasturi böyiça kelişuvga erişilganiga qaramasdan ittifoqçilar bölişmaydi, deb aytdi AQŞ davlat kotibi Jon Kerri.
“Biz ittifoqçilar emas, raqiblar bölib qolamiz. Bizda kelişmovçiliklar bor va bizda puç xayollar yöq”, deb aytdi Kerri CBS telekompaniyasi efirida.
Şu bilan birgalikda, Kerri Tehronga yadroviy qurolga ega bölişga imkon bermaydigan yadroviy dastur böyiça kelişuvni qöllab-quvvatlaşini aytdi.
“Biz yadroviy qurolga ega bölgan va bölmagan Eron – ikkita turli davlat ekanini bilamiz. Biz uşbu kelişuv Yaqin Şarq, Isroil, mintaqa uçun vaziyatni köproq xavfsizroq qiladi, deb hisoblaymiz”, deb ta'kidlamoqda Kerri.
Eron va xalqaro vositaçilar “oltiligi” 14 iyul kuni köp yillik Eron atomi muammosini hal qiliş böyiça tarixiy kelişuvga erişdi. Köp oylik muzokaralar umumiy qöşma harakatlarning qabul qilinişi bilan yakunlandi. Bu harakatlarning Eron tomonidan bajarilişi Erondan BMT Xavfsizlik kengaşi, AQŞ va Yevropa Ittifoqi tomonidan kiritilgan iqtisodiy va moliyaviy sanksiyalarni töliq bartaraf qiladi.






