Malayziya rahbariyati internetdagi eng taniqli muxolifatçi saytlardan birin bloklab qöydi. Channel News Asia telekanalining xabar berişiça, bunga sayt olib borayotgan aksilkorrupsiya suriştiruvi, şuningdek, boş vazir Najib Razzoqning şaxsiy hisobiga 700 mln dollar ötkazilgani haqidagi xabarning çiqişi sabab bölgan.
Kommunikatsiya va multimedia işlari böyiça milliy qömitada ma'lum qilinişiça, The Sarawak Report saytining yopilişiga rasmiy sabab sifatida tekşirilmagan axborotning çop qilinişi va milliy barqarorlikka tahdid körsatilgan. Şu bilan birga, idora vakillari bloklaş vaqtinçalik amal qilinişiga işontirişdi. Unga qadar boş prokuratura, markaziy bank va akslikorruptsion qömita vakillaridan iborat maxsus komissiya sayt faoliyatini tekşiruvdan ötkazadi.
Sayt The Wall Street Journal bergan ma'lumotlarga tayangan holda boş vazir 1MDB davlat jamğarmasi bilan boğliq bir qança kompaniyalardan 700 mln dollar olganini xabar qilgandi. Bir neça kundan söng gazeta bu bilan boğliq hujjatlarni ham çop etgan edi. Hukumat rahbarining özi bu ma'lumotlarni inkor qilib, muxolifatçilarni “siyosiy sabotaj”da ayblamoqda.






