Qozoğistonlik advokatlardan biri mamlakatdagi aeroportlar nomini nomlaş kerakligi böyiça öz takliflarini bildirdi. Masalan u Almatidagi aeroport nomini şoir va mutafakkir Abay Qunanboyev şarafiga nomlaşni taklif qildi, deb yozadi nur.kz naşri.
«Şarl de Goll» yoki «Kennedi» aeroporti juda jarangdor eşitiladi. Bizning aeroportlar esa nomlanmagan. Xuddiki buyuk qozoqlar yöqdek. Men Almatidagi aeroportni Abay şarafiga, Astanadagi aeroportni esa Ablayxon şarafiga nomlaşni taklif qilgan bölardim. Ammo yaxşisi buni jamoatçilik örtasida sörovga qöygan holada ötkaziş yaxşiroq bölardi», deydi huquqşunos özining Facebook`dagi sahifasida.
Şuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda Turan, Mangi Yel, Kenesar, Begeldinov, Mametova kabi nomlari taklif qilingan.






