Iyul oyining birinçi ön kunligida Germaniyada ötkazilgan turli madaniy tadbirlarda özbekistonlik san'atkorlar ham iştirok etişdi. Jumladan “Nihol” mukofoti laureati, xalqaro tanlovlar ğolibi Ilyos Arabov ijrosidagi mumtoz aşulalar hamda “E'tirof - 2014” tanlovi ğolibi, yoş iste'dodli raqqosa Şodiyora Omonovaning raqslaridan olmon tomoşabinlari va boşqa san'at ixlosmandlari hayratu zavqqa tölişdi.


- Çinakam san'at til tanlamaydi, degan gap naqadar hayotiy ekanligiga Germaniyadagi konsertlar davomida yana bir bor iqror böldim. Xorijiy tinglovçilar mumtoz merosimiz durdonalarini maroq bilan eşitganlari könglimni iftixorga töldirdi. Ayniqsa, maqomlarimiz va “Mustahzod”, “Samarqand uşşoği”, “Bozurgoniy”, “Sallamno”, mavrigi, lazgi kabi aşula va qöşiqlarimiz ularga behad manzur keldi. Şodiyoraxonning “Doira raqsi”ni hayrat bilan tomoşa qilib, tanbur, nay navolariga mahliyo böldilar, deydi Ilyos Arabov.
Bu kabi tadbirlar Özbekiston va Germaniya örtasidagi köp tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlaşga xizmat qiladigan madaniy köprik vazifasini ötaydi, deb xabar berdi Özbeknavo estrada birlaşmasining matbuot xizmati.