Turkiya hukumati 20 iyul kuni mamlakatning Suriya bilan çegara hududida joylaşgan Suruç şahrida sodir bölgan portlaşni terakt sifatida baholadi va bu terakt uçun javobgarlikni "IŞID" zimmasiga yukladi.

Reyter naşri yuqori martabali turk amaldorlariga asoslanib xabar berişiça, Suruçdagi madaniyat markazi yaqinida "IŞID" jangarisi tomonidan bomba portlatilgan.

Turkiya Taşqi işlar vazirligi ham bu voqeani terakt sifatida baholadi va "bunday terroristik hujumlarga qarşi birlaşiş hamda xotirjamlikni saqlaşga çaqirdi".

Biroz oldinroq, Suruç şahridagi kafa yaqinida portlaş sodir bölgani va natijada kamida 25 kişi halok bölgani haqida xabar berilgandi.

Oxirgi ma'lumotlarga köra, Suruçdagi terakt tufayli halok bölganlar soni 27 nafarni taşkil etgan hamda 100dan ortiq kişi jarohatlangan.