Gruziya içki işlar vaziri Vaxtang Gomelauri Davlat xavfsizlik xizmatining rahbarligi uçun nomzod sifatida taniştirildi. Bu haqda RIA «Novosti» agentligi xabar tarqatmoqda.

Mazkur yangilik töğrisidagi bayonotni Gruziya Boş vaziri Irakliy Garibaşvili duşanba kuni bölib ötgan brifing çoğida e'lon qilgan. Endi mamlakat parlamenti Gomelauri Xizmat boşliği lavozimiga 6 yillik muddat uçun tasdiqlaşlari kerak böladi.

Gruziya prezidenti Georgiy Margvelaşvili ötgan haftada Davlat xavfsizlik xizmatini IIVdan ajratiş böyiça qonun loyihasini imzolagandi. Xavfsizlik xizmati joriy yilning 1 avgustidan mustaqil taşkilot sifatida faoliyat olib boradi.