Butunrossiya badiiy gimnastika federatsiyasi prezidenti, Rossiyada xizmat körsatgan sport murabbiyi Irina Viner-Usmanova Xalqaro Olimpiya qömitasi prezidenti Tomas Bax tomonidan jahon sport harakatiga qöşgan ulkan xizmatlari va Olimpiya öyinlari ideallariga sadoqati uçun XOQning kumuş medali bilan taqdirlandi.
Viner-Usmonovani taqdirlaş marosimi Rossiya Olimpiya qömitasida qömita prezidenti Aleksandr Jukov, faxriy prezidenti Vitaliy Smirnov va boşqa mutassadi şaxslar iştirokida bölib ötdi.
Irina Viner-Usmanova bu mukofotni butun jahon badiiy gimnastikasiga berilgan mukofot deb bilişini aytdi.
“Mening timsolimda butun jahon badiiy gimnastikasi taqdirlandi, deb hisoblayman. Biz nafaqat Rossiya badiiy gimnastikasini kötarişga harakat qilamiz. Bizga raqiblar, raqobatçilar kerak. Ğalaba qiliş uçun oldinga harakat qiliş kerak. Şuning uçun bizda, Rossiyada köplab davlatlar vakillari maşq qilişadi”, deb aytdi Viner-Usmonova.
Viner-Usmonova badiiy gimnastika Olimpiya öyinlari dasturida qolişiga umid bildirişini aytib ötdi.






