"Fabrila" jamoasi futbolçisi Xulio Reyning "Deportivo" jamoasiga ötişi borasidagi harakatlar töxtatildi.

"Deportivo" jamoasining rasmiy saytida ma'lum qilinişiça, galisiyaliklar futbolçini sotib olgani haqida ötgan yakşanba kuni e'lon qilgandi, biroq kutilmaganda kelişuvdan voz keçildi. Ma'lum bölişiça, Rey 2012 yili öz tvitterida "Deportivo" va uning muxlislari şa'niga haqoratli xabar qoldirgan — hozirda bu xabar öçirib taşlangan.

"Klub Xulio Reyning ijtimoiy tarmoqlarida bir neça yil avval qoldirilgan xabarlarni tekşirib çiqib, öyinçi bilan şartnoma imzolamaslikka qaror qildi", - deyiladi "Deportivo" bayonotida.

"Deportivo" libosini özini haqiqiy sportçi sifatida körsata olgan, raqiblarini hurmat qiladigan, jamoa, uning ranglari, ramzi va qadriyatlariga sodiq böla oladigan insongina kiyişga haqli", - deya qöşimça qilinadi klub bayonotida.