19 iyul kuni Ukrainaning Staniçno-Luganskoye tuman tibbiyot bölinmasiga Luganskdan Rossiyaga temir yöl izi böylab yetib olmoqçi bölganida tortib qöyiladigan minaga uçrab, jarohat olgan, pasporti bölmagan Özbekiston fuqarosi kelib tuşdi. 

Lugansk viloyati harbiy-fuqarolik ma'muriyati matbuot xizmatining xabar berişiça, yonida faqatgina haydovçilik guvohnomasi bölgan özbekistonlik Luganskdan Rossiyaning yaqin oradagi aholi punktigaça yetib olmoqçi bölganini, biroq Staniçno-Luganskoye tumanida tortib qöyiladigan minaga tuşib, uning parçalaridan jarohat olganini aytgan.

Bu hududda temir yöli harakati amalga oşirilmagan. Lugansk viloyati harbiy-fuqarolik ma'muriyati terrorçilar tomonidan köplab yöllar va temir yöl izlari minalaştirib qöyilgani sababli belgilangan joylardan boşqa joylardan çegarani kesib ötiş xavfliligi haqida navbatdagi galda ogohlantirmoqda.

“Özbekistonlik fuqaro xususida men huquq-tartibot muassasalariga u qayerga va qanday maqsadda ketayotganini va umuman nima uçun Ukrainaga kelganini aniqlaş vazifasini topşirdim”, deb aytdi Lugansk viloyati harbiy-fuqarolik ma'muriyati rahbari vazifasini vaqtinçalik bajaruvçi Yuriy Klimenko.